Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XX asrda to‘rtta urushda qatnashgan afsonaviy uchuvchi 100 yoshga kirdi
Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasi gubernatori Vyacheslav Shport XX asrda to‘rtta urushda ishtirok etgan afsonaviy uchuvchi Lev Lipovichni 100 yoshga to‘lgani bilan tabrikladi. Bu haqda o‘lka hukumati matbuot xizmati xabar berdi.
«100 yoshga to‘lganingiz munosabati bilan samimiy tabrigimni qabul qiling. Siz Rossiya va butun jahon uchun juda katta voqealarga boy bo‘lgan butun bir asrni ko‘rdingiz. Butun hayotingizni aviatsiyaga bag‘ishladingiz», - deya ma'lum qildi gubernator.
Shportning so‘zlariga ko‘ra, Lev Lipovich bir necha urushda qatnashib, haqiqiy vatanparvar qanday bo‘lishi kerakligini ko‘rsatib bergan.
«Lev Borisovich Lipovich – noyob inson. U to‘rtta urush – fin kampaniyasi, Ikkinchi jahon urushi, militaristik Yaponiya bilan urush va Koreyadagi harbiy harakatlarda qatnashgan», - deya aniqlik kiritgan matbuot xizmati.
Ta'kidlanishicha, afsonaviy uchuvchini yubiley bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham tabrikladi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025