Jahon | 19:30 / 12.04.2017
5725
2 daqiqa o‘qiladi

Kanada politsiyasi mobil telefonlar ortidan kuzatishini tan oldi

Foto: Flickr/ CDP Photography Canada

Kanadaning bir nechta shtati politsiyasi mobil telefonlar ortidan kuzatish texnologiyasidan foydalanishini tan oldi, biroq bu texnologiyani aniq nima uchun – suhbatlarni eshitish yoki matnli xabarlarni deshifrovkalashda ishlatishi bo‘yicha aniqlik kiritmagan. Bu haqda CBC telekanali xabar bermoqda.  

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Kalgari, Ontario va Vinnipeg shtatlari politsiyasi IMSI-ketcher deb ataluvchi mobil telefonlar ortidan kuzatuvchi qurilmalarga ega. Bu qurilmalar telefon tarmog‘ining bazaviy stansiyasi ostida niqoblanib, yarim kilometr radiusda ma'lumotlarni yig‘adi. 

Ma'lum qilinishicha, Kanada politsiyasi bu texnologiyani "hayotiy zarur instrument" deb hisoblab, uni gumonlanuvchining joylashgan o‘rnini aniqlash va milliy xavfsizlik bilan bog‘liq jiddiy qonunbuzarlik va jinoyatlarni tergov qilishning boshlang‘ich bosqichlarida qo‘llaydi.  

Britaniya Kolumbiyasi fuqarolik erkinlari uyushmasi huquq himoyachilarining aytishlaricha, IMSI qurilmasini qo‘llash haqida farmoyish bor va unda bu texnologiyani qo‘llashning aniq chegaralari yozilgan. 

"Biz politsiyada maqbul asboblar bo‘lishini istaymiz", deb aytgan fuqarolik erkinliklari uyushmasining xususiy huquq bo‘yicha mutaxassisi Mishel Vonn. Uning ta'kidlashicha, jamiyat bu texnologiyaning odamlar shaxsiy hayotiga kirish uchun qo‘llanishi mumkinligidan juda xavotirlanmoqda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid