Fan-texnika | 19:23 / 12.04.2017
8100
2 daqiqa o‘qiladi

Lincoln yangi Navigator yo‘ltanlamasini namoyish etdi

Amerikaning Lincoln kompaniyasi yangi avlod Navigator yo‘ltanlamasini namoyish qildi. Uning jahon taqdimoti Nyu Yorkdagi motorshouda bo‘lib o‘tdi. Model o‘tgan yilgi kontsept-karni aniq takrorlaydi. 

Yangi «Navigator» Ford F-150 shassi negizida ishlab chiqilgan, uning kuzovi esa alyuminiydan yasalgan. Bu bilan mashina vazni salkam 91 kg yengillashgan. 

Ulkan yo‘ltanlamasni 3,5 litrli, EcoBoost biturbo V6 motori harakatga keltiradi. Dvigatel ot kuchi 385 ot kuchidan 456 ot kuchiga oshgan. Agregat 10 bosqichli AUQ (avtomat uzatmalar qutisi) bilan birga ishlaydi. Bunda, uzatmani tanlashda old paneldagi maxsus tugmalar bosiladi. Kompaniya uning dinamik xususiyati va yoqilg‘i sarfiga doir ma'lumotlarni oshkor qilganicha yo‘q. 

Mashina salonida 12 dyuym ekranli raqamli uskunalar paneli paydo bo‘lgan. SYNC 3 multimedia tizimining yangi katta ekrani ham o‘rnatiladi. Bu tizim Apple CarPlay va Android Auto ilovalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, proyektsion displey, 360 darajali kamera, moslashuvchan kruiz-nazorat, 30 xil massajli old o‘rindiqlar hamda 20ta ovoz kuchaytirgichli Revel Ultima audiotizimi. 

Uning boshlang‘ich to‘plami 7 o‘rindiq bilan taklif etiladi. Ikkinchi qatorda 10 dyuymli ekranlarga ega ikkita ko‘ngilochar tizim bo‘ladi. Salonda jami 6ta USB-tirqishlar, 4ta 12 voltli va bitta 110 voltli rozetkalar bor.

Yo‘ltanlamasning eng qimmati namunasi Black Label bo‘ladi. Avtomobil savdolari shu yilning kuzidan boshlanadi. 

Mavzuga oid