Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada kecha yuz bergan portlash terakt ekani ma'lum bo‘ldi
Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu seshanba kuni Diyorbakir shahrida yuz bergan portlash terakt ekanini tan oldi.
Seshanba kuni Diyorbakirning Bag‘lor tumanida, politsiyaning terrorizm bilan kurash boshqarmasi binosi yonida kuchli portlash yuz berdi. Avvalroq bir kishi halok bo‘lgani, 10dan ortiq inson jarohatlangani xabar qilingandi. Chorshanba kuni esa turk OAV qurbonlar soni uch nafarga yetgani haqida xabar berdi.
"Diyorbakirdagi portlash – bu terakt. Yer osti tunneli aniqlandi, u yerga portlovchi qurilma o‘rnatilgan", - deya aytib o‘tgan Soylu NTV telekanali efirida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, teraktga aloqadorlikda gumonlanib besh kishi qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
11:00 / 27.05.2025
Liverpulda mashina odamlarga qarata haydalgani terakt deb hisoblanmayapti
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025