Jamiyat | 21:20 / 13.04.2017
11132
2 daqiqa o‘qiladi

Yashnobod tumanida bosqinchilik jinoyati fosh etildi

2017 yil 6 aprel kuni tungi soat 00:00lar atrofida noma'lum shaxslar Yashnobod tumanida fuqaro M.ni urib-do‘pposlab, 600 ming so‘mlik iPhone 5 mobil qurilmasini va 390 ming so‘m naqd pulini olib, voqea joyidan yashirinishgan. Toshkent IIBBda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida shu haqda ma'lum qilindi.

Olib borilgan tezkor tergov ishlari natijasida Saodat Qo‘chqorova, muqaddam bosqinchilik jinoyati uchun sudlangan Sarvar Jumaboyev hamda qurilish kasb hunar kolleji 1-kurs talabasi M.M.lar gumonlanib, daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi. 

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha fuqarolar Qo‘chqorova va Jumaboyevga nisbatan JKning 127-moddasi 3-qismi, 164-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan, voyaga yetmagan talabaga esa, 164-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan ayblov e'lon qilinib, ularga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot choralari ko‘rilgan.    

Mavzuga oid