Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
CNN: AQSh Suriya harbiylarining kimyoviy hujum haqidagi muloqotlarini tinglagan
AQSh harbiylari va razvedkasi Suriya harbiy xizmatchilari va kimyoviy ekspertlarining muzokaralarini tinglashga muvaffaq bo‘lgan. Ular Idlibda zarindan foydalangan holda kimyoviy hujumni amalga oshirishni muhokama qilishgan. CNN telekanali yuqori lavozimli manbasiga tayangan holda shu haqda xabar qilmoqda.
Telekanalga ko‘ra, ma'lumotlar ehtimoliy kimyoviy xuruj uyushtirilganidan so‘ng bir necha soat davomida o‘tkazilgan razvedka amaliyoti chog‘ida qo‘lga kiritilgan. Amerika mulozimlarining aytishicha, Suriya prezidenti Bashar Asadning ushbu hujum uchun javobgarligida "shubha yo‘q".
Mulozimning qayd etishicha, Vashington hujum bo‘lishini bilmagan. AQSh Suriya va Iroq kabi mamlakatlarda juda ko‘plab ma'lumotlar to‘playdi. Biroq, biror hodisa bo‘lmaguncha, bu ma'lumotlarni qayta ishlamaydi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025