Sport | 14:53 / 13.04.2017
5675
1 daqiqa o‘qiladi

Vidal: Umid qilamanki, «Bavariya» YeChL finalida «Yuventus» bilan uchrashadi

«Bavariya» yarim himoyachisi Arturo Vidal Madridning «Real» klubini javob bellashuvida mag‘lub etishga ishonayotgani haqida gapirdi. Eslatib o‘tamiz, «Bavariya» YeChL ¼ finali ilk uchrashuvida 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi – Vidal to‘p kiritdi, biroq, shu bilan birga, penaltini aniq amalga oshira olmadi.

«Men penaltini ura olmaganimdan juda afsusdaman, biroq hali hammasi tugagani yo‘q – oldinda yana 90 daqiqa bor. Biz – buyuk jamoamiz va keyingi bosqichga chiqa olamiz. Umid qilamanki, Madridda g‘alaba qozonib, ChL finalida „Yuventus“ bilan o‘ynaymiz», - deya Vidalning so‘zlarini keltiradi Football Italia.

Eslatib o‘tamiz, «Real» va «Bavariya» o‘rtasidagi javob uchrashuvi Madridda 18 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid