Qo‘qonda gaz ta'minoti idorasi xodimi hibsga olindi
Samarqand ko‘chasida yashovchi S.Raimovning (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) xonadoniga xatlov o‘tkazilyapti, deya “Vodiygazta'minot” UK Qo‘qon shahar bo‘limining ikki nafar xodimi kirib borishadi. U loyihaga kiritilmagan gazga ulanish nuqtalarini loyihalashtirib qo‘yishni tayinlab chiqib ketadi, deya yozadi “Huquq” gazetasi.
Oradan bir necha kun o‘tib, xonadon egasi gaz ta'minoti idorasiga boradi va u yerda korxonaning brigada boshlig‘i Isoqjonga ro‘baro‘ keladi. Bu yigit xonadon egasiga dalolatnoma tuzganimizdan keyin gaplashamiz, deydi. Uning buyrug‘i bilan ikki nafar xodim xonadonga qaytib borib, 3 mln. 600 ming so‘m jarimaga tortish xususida dalolatnoma tuzishdi. “Bizni brigadir jo‘natdi, kechki payt borib uchrar ekansiz”, deyishadi.
S.Raimov brigada boshlig‘i I.Hayitovning huzuriga keladi. U: “3 mln. 600 ming so‘m keltirib bersangiz, dalolatnomani yo‘q qilib, qarzingiz yo‘qligi haqida haqida ma'lumotnoma yozdirib beraman”, deydi.
- Buncha pulim yo‘q.
- Bo‘pti, bir million ikki yuz ming so‘m opkeling.
- Ikkinchi guruh nogironiman, uchma-uch kun ko‘ramiz, sal yo‘lini qilib bering.
Brigadirning “ko‘ngli yumshadi”.
- Xo‘p, sakkiz yuz ming so‘mga ishingizni bitirib beraman. Noqonuniy tochkalarni uzib qo‘yamiz, dalolatnomani yirtib tashlaymiz.
S.Raimovning murojaatiga asosan o‘tkazilgan tadbirda undan pulni olib, ma'lumotnoma va dalolatnomani berib, mashinasiga o‘tirayotgan I.Hayitov jinoyat ustida hibsga olindi.
Sud mijozidan firibgarlik yo‘li bilan 800 ming so‘m olgan I.Hayitovning qilmishiga yarasha jazo tayinladi.
Mavzuga oid
17:44 / 29.09.2024
Farg‘onada gazdan noqonuniy foydalanib davlatga 5.5 mlrd zarar yetkazgan shaxslar ushlandi
18:31 / 27.09.2024
“100 mln dollarlik gazning havoga uchishi to‘xtaydi” - AQSh kompaniyasi O‘zbekistonda gaz tarmoqlarini ta’mirlamoqda
13:30 / 20.09.2024
GFR iqtisodiyot vaziri: Germaniyada endi gaz taqchilligi yo‘q
23:02 / 13.09.2024