Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sodiq Safoyev: “Raqobatbardosh sarmoyaviy muhitni yarata olmadik”
14 aprel kuni Xalqaro press-klubning «O‘zbekiston tashqi siyosatining yangi bosqichdagi dolzarb masalalari» mavzusida sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Abdulaziz Komilov hamda Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.
Xususan, Safoyevdan O‘zbekistonda sarmoyaviy muhitni yaxshilash haqida so‘rashdi.
“Bu tashqi siyosat, tashqi iqtisodiy siyosatning tabiiy qismi. O‘zbekiston uchun bu juda muhim masala. Mustaqillik yillarida sharoitlar yaratish uchun ko‘p narsa qilindi. Biroq, shuni aytishim mumkinki, biz raqobatbardosh sarmoyaviy muhitni yarata olmadik. Bu fakt. Shuni aytish kerakki, eng ustuvor vazifalardan biri – bu O‘zbekiston Respublikasining sarmoyaviy qulayligini yaxshilash uchun chora-tadbirlarni amalga oshirishdir. Bu umuman yangicha yondashuvlarni talab etadi. Qat'iy choralar kerak. Ular birinchi navbatda, valyuta bozorini liberallashtirishga tegishli. Buning ustida ishlanmoqda, tegishli hisob-kitoblar olib borilmoqda”, - deydi Sodiq Safoyev.
Mavzuga oid
11:53 / 14.04.2025
Abdulaziz Komilov Italiya ordeni bilan taqdirlandi
17:07 / 08.04.2025
AQSh O‘zbekistonga noqonuniy immigratsiyaga qarshi kurashdagi hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi
11:34 / 24.03.2025
Abdulaziz Komilov YeIning terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha koordinatori bilan uchrashdi
16:26 / 12.12.2024