Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya asoschisi Kim Ir Sen sharafiga o‘tkazilgan harbiy paraddan fotojamlanma
15 aprelda Shimoliy Koreyada mamlakat asoschisi, amaldagi prezident Kim Chen Inning bobosi Kim Ir Sen tavalludining 105 yillik yubileyi munosabati bilan an'anaviy tarzda katta harbiy parad o‘kazildi. Doimo ocharchilik xavfi bilan yashovchi va o‘zining kommunistik tuzumini tashqi ta'sirdan astoydil himoyalovchi Shimoliy Koreya Kim Ir Senni buyuk rahbar va ajoyib sarkarda sifatida xotirlab keladi. Bundan esa Shimoliy Koreya hukumati joriy paradda namoyish qilgan raketa majmualari, tank va jangovar samolyotlar darak berdi.
Tantanali marosimni mamlakatning amaldagi rahbari Kim Chen In kuzatib bordi. Shu bayramona kunda Shimoliy Koreya OAV AQSh nomiga tahdidlarni takror bildirdi va ig‘vogarlik hamda "harbiy vasvasa"ni bas qilishni talab qildi. Xalqaro me'yorlarga zid ravishda o‘z yadroviy dasturini rivojlantirayotgan Pxenyanning ta'kidlashicha, agar ish katta ko‘lamli to‘qnashuvga yetib borsa, AQSh qurolli kuchlari Shimoliy Koreyaning shiddatli zarbasiga dosh berolmaydi.
Mavzuga oid
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
13:00 / 06.05.2025
Shimoliy Koreya Rossiyaga 15 ming mehnat muhojirini yubordi
22:44 / 04.05.2025
Kim Chen In Shimoliy Koreya tanklarini yangilash zarurligini ma’lum qildi
18:19 / 28.04.2025