Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampga tahdid qilgan erkak qo‘lga olindi
AQShda bir hafta davom etgan qidiruvlardan keyin Oq uyga maktub jo‘natib, unda AQSh prezidenti Donald Trampga tahdid qilgan qurollangan erkak qo‘lga olindi. U Viskonsin shtatida yashovchi 32 yoshli Jozef Yakubovski degan shaxs bo‘lib chiqqan. Yakubovski, shuningdek, o‘qotar qurol sotiladigan do‘konni o‘marganlikda gumonlanmoqda.
Fox News telekanalining xabar berishicha, erkak Ridstaun yaqinida ushlangan. Politsiyaga xususiy mulk hududida payqalgan shubhali erkak haqida xabar berilgan.
Ta'kidlanishicha, Yakubovski qo‘lga olinishi vaqtida qarshilik ko‘rsatmagan.
Avvalroq Trampga tahdid qilayotgan erkakni 150 nafar politsiyachi qidirayotgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
21:05 / 27.03.2025
O‘zbekiston oldida turgan 5 ta asosiy xavf-xatar. Ularni qanday yengish mumkin?
15:59 / 03.05.2023
Nemolchi.uz loyihasi muallifi o‘ziga o‘lim tahdidi bo‘lgani haqida xabar berdi
21:54 / 01.05.2023
Samarqandda qo‘ylari bo‘g‘izlangan oila xavotirda: tahdid qilgan jinoyatchilar hamon topilmadi
16:45 / 27.04.2023