O‘zbekiston | 19:30 / 16.04.2017
13094
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda deyarli 5,5 ming km yo‘l rekonstruksiya qilinadi

Foto: O‘zA

2017 yilning 15 aprel kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar muhokamalarini o‘tkazishga xizmat qiluvchi “Doimiy faoliyat yurituvchi ishchi maydon”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Taraqqiyot strategiyasi markazining ijrochi direktori Akmal Burhonov 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida amalga oshiriladigan davlat dasturi va loyihalar to‘g‘risida taqdimot namoyish etdi. 

Jumladan, taqdimotda ijtimoiy sohani rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha 2017-2019 yillarda amalga oshiriladigan ishlar haqida ham ma'lumot berildi. 

Ma'lum bo‘lishicha, 2017-2019 yillarda respublika bo‘ylab 5454 km. yo‘llar rekonstruksiya qilinadi. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 295 km., Navoiy viloyati - 216 km., Samarqand viloyati - 479 km., Toshkent shahri - 332 km., Andijon viloyati - 324 km. va boshqa viloyatlar - 3808 km.

Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid