Jamiyat | 22:45 / 16.04.2017
23732
2 daqiqa o‘qiladi

Fotosayohat: Toshkent hayvonot bog‘i mehmonlar bilan gavjum

Bugun, 16 aprel kuni Toshkent hayvonot bog‘i har safargidan-da odamlar bilan gavjum bo‘ldi. Mashinalar to‘xtash joyidagi tirbandlik yoki chipta olish uchun navbatning ko‘pligidan ham bilish mumkin. 

Respublikamizning boshqa viloyatlaridan ham mehmonlar uzoq yo‘l bosib, hayvonot bog‘ida sayr qilish uchun kelishganiga guvoh bo‘ldik. Bugungi ob-havo ham barchani xursand qildi.  Hayvonot bog‘i oilaviy dam oladigan so‘lim go‘shaga aylangani, albatta, quvontiradi. 

Biroq ayrim bo‘linmalarda havo yetishmasligi (ayniqsa, maymunxona va baliqlar xonasi), ta'mirtalab binolar, qarovsiz hududlar hayvonot bog‘iga tashrif buyurgan mehmonlar taassurotlarini o‘zgartirib yuboradi. 

Ushbu kamchiliklar tez orada bartaraf bo‘lishiga umid bildirgan holda dam olish kunida Toshkent hayvonot bog‘idan olingan maxsus reportajni taqdim etamiz. 

Darvoqe, hayvonot bog‘ining manzilini eslatib o‘tamiz: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 232-A.
Murojaat uchun telefon: (+ 998 71) 289-07-95

Feruza Avazova tayyorladi

Mavzuga oid