Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Internet ixtirochilaridan biri hayotdan ko‘z yumdi
Kaliforniya shtatidagi Vudsayd shahrida internet yaratuvchilaridan biri Robert Teylor 85 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqida uning o‘g‘li Kurtning so‘zlariga asoslanib, The Los Angeles Times xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Teylor 13 aprel, payshanba kuni vafot etgan. U olim o‘z uyida hayotdan ko‘z yumganini ta'kidlagan. Teylor Parkinson va yana boshqa kasalliklardan aziyat chekkan.

Manbada ta'kidlanishicha, Teylor AQSh Mudofaa vazirligida olim bo‘lib ishlagan. 1960-yillarda u ARPANET internet tarmog‘i prototipini ishga tushiradi. Shundan keyin u Xerox Palo Alto Research Center (Xerox PARC)da faoliyat yuritadi va u yerda personal kompyuter, Ethernet ma'lumotlar yetkazish texnologiyasi va kompyuter displeylarini ishlab chiqaruvchi jamoani boshqaradi.
1968 yilda u shunday yozadi: "Bir necha yildan keyin odamlar yuzma-yuz emas, mashinalar yordamida samaraliroq muloqot qilishi mumkin bo‘ladi".
Olimlar Alan Key, Batler Lempson va Chak Taker Alto birinchi personal kompyuterini aynan Teylorning boshchiligi ostida ishlab chiqishgan. U qog‘oz varag‘i hajmidagi ekran bilan jihozlangan, keyinroq esa grafik displey paydo bo‘ldi.
The New York Times'ga ko‘ra, Teylor kompyuter sichqonchasini yaratishda ham ishtirok etgan.
Mavzuga oid
11:19 / 24.03.2025
Olimlar klaviaturadagi yozuviga qarab odamlarning shaxsini aniqlashni o‘rgandi
10:30 / 22.03.2025
Olimlar ob-havoni tezroq va aniqroq bashorat qilish usulini ishlab chiqdi
15:11 / 27.02.2025
Olimlar 1-tur diabetni butunlay davolash yo‘lini topdi
12:07 / 22.02.2025