Jahon | 15:43 / 16.04.2017
8743
1 daqiqa o‘qiladi

Somali poytaxti aeroportida portlash sodir bo‘ldi

Somali poytaxti Mogadisho shahri Aden-Adde aeroporti yaqinida portlash sodir etilgan. Bu haqda «Sinxua» agentligi mamlakat maxsus xizmatlariga asoslanib xabar tarqatdi.

Portlash oqibatida qurbonlar borligi aytilgan.

Taxminlarga ko‘ra, «Ash-Shabob» terrorchisi boshqaruvidagi portlovchi qurilma o‘rnatilgan mashina aeroport hududiga kirmoqchi bo‘lganida to‘xtatilgan va keyin portlash sodir etilgan. «Ayni vaqtda hududda otishma davom etmoqda»,— deya ma'lumot bergan guvohlardan biri.

Portlash tafsilotlari hozircha ma'lum emas.

Mavzuga oid