Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Buyuk Britaniyaga uni oltin aravada qarshi olish talabini qo‘ydi
AQSh prezidenti Donald Tramp oktabr oyida Birlashgan Qirollikka tashrifi davomida Yelizaveta II uni oltin suvi qoplangan aravada qarshi olishini talab qildi. Bu haqida Londonning "Times" gazetasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Oq uy Britaniya hukumatiga Bukingem saroyiga tashrif buyurish doirasida muhim marshrut elementi sifatida ko‘prikdan o‘tish ko‘zda tutilayotganini ma'lum qilgan. Bu jarayon esa qo‘shimcha xavfsizlik choralarini talab qiladi.
AQShning sobiq prezidenti Barak Obama, shu jumladan Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Meksika prezidenti Enrike Penya Niyeto, Xitoy prezidenti Si Tszinpin Britaniyaga tashrif buyurganda aravada emas, o‘q o‘tkazmaydigan transport vositasida harakatlanishgan.
Politsiya "tartib o‘rnatish bo‘yicha so‘nggi yillardagi eng katta operatsiyaga" tayyorgarlik ko‘rmoqda. Obama o‘z tashrifi davomida foydalangan avtomobil "ommaviy hujumga qarshilik qila oluvchi" transport vositasi hisoblanadi. Bu avtomobil juda yaxshi himoyalangan, shu bilan birga u katta tezlikda harakatlana oladi.
"U oltin aravada harakatlansa, xavf omili keskin ko‘tariladi", - deyiladi manbada.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
09:04 / 21.05.2025