Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada “Damas”dagi uch talonchi ushlandi, ulardan biri 1994 yilda tug‘ilgan qiz
Farg‘ona shahrida Yangi asr ko‘chasida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro IIBga ariza bilan murojaat qilib, uyi oldida ketayotgan vaqtida davlat raqami va rangi aniqlanmagan “Damas” rusumli avtomashina kelib to‘xtab, undan noma'lum shaxs tushib uning qo‘lidan planshetini tortib olib, avtomashinasiga o‘tirib voqea joyidan qochib ketganligi haqida ma'lum qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati.
Mazkur holat yuzasidan O‘zR JK-ning 166-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor–qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Andijon shahrida yashovchi, 1999 yilda va 1993 yilda tug‘ilgan ikki nafar yigit hamda Farg‘ona viloyati Quva tumanida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan qiz sodir etgani aniqlanib, qo‘lga olindilar.
Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hali hayotning oqu qorasini tatib ulgurmagan, birovning mulkiga ko‘z olaytirgan bu uchovlon umrining eng navqiron, go‘zal davrini temir panjara ortida o‘tkazadigan bo‘lishdi.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?
12:15 / 28.04.2025