Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy TIV Pekin-Pxenyan reyslarining bekor qilinishiga izoh berdi
Air China aviakompaniyasi (Xitoy)ning Pxenyanga ba'zi reyslarni bekor qilish qarori bozordagi vaziyatga bog‘liq va bu qarorni boshqacha talqin qilishga hojat yo‘q. 17 aprel kuni XXR TIV rasmiy vakili Lu Kan brifingda shunday bayonot bilan chiqdi.
O‘tgan juma kuni Xitoy markaziy televideniyesi (CCTV) KXDRga reyslarni amalga oshiruvchi yagona xorijiy kompaniya bo‘lgan Air China 17 apreldan Pxenyan bilan aviaaloqani to‘xtatib turishi xabar qilingandi. Ta'kidlash joizki, kompaniya aviachiptalarga bo‘lgan talab tufayli Pekin-Pxenyan reysini vaqtinchalik to‘xtatadi.
Shuningdek Air China'da kelgusida Pxenyanga amalga oshiriladigan reyslar chiptalar sotuvidan kelib chiqib tashkillashtirilishi ta'kidlandi.
CCTV ma'lumotlariga ko‘ra, Air China KXDRga reyslarini 2008 yildan beri amalga oshirib keladi. Pekin-Pxenyan reyslari har dushanba, chorshanba va juma kunlari Boeing 737 avialaynerida amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
10:06 / 12.05.2025
Uzbekistan Airways parvozlar jadvalidagi ayrim majburiy o‘zgarishlar haqida ma’lum qildi
20:42 / 18.01.2025
Farg‘onadan Istanbulga uchishi kerak bo‘lgan reys kechiktirildi
09:40 / 18.01.2025
O‘zbekiston va Aqto‘be viloyati o‘rtasida muntazam reyslar tashkil etiladi
09:20 / 07.10.2024