Pul topish uchun soxta “Zam-Zam”ni pullayotgan olg‘irlardan ogoh bo‘ling
Toshkentdagi masjidlardan birining imom-xatibi O‘zbekistonda Makkai Mukarramadan keltiriladigan muqaddas Zam-Zam suvi borasida ham firibgarlik qiluvchi "olg‘irlar" paydo bo‘lgani haqida Kun.uz saytiga ma'lum qildi. Soxta Zam-Zamni fosh etuvchi videolavha esa ijtimoiy tarmoqlarda ommalashmoqda.
Videolavhani olgan kishining aytishicha, u ijtimoiy tarmoqlarda va ayrim do‘konlarda haqiqiy deb sotilayotgan Zam-Zam suvi haqiqiysidan farq qiladi. Unga yopishtirilgan qog‘oz belgisiing rangi ham originalidan to‘qroqdir. Bundan tashqari, soxta suv idishining qopqog‘i yopiladigan buramali qismiga “Rustam” so‘zi tushirilgan.
Shu bilan birga, haqiqiy Zam-Zam suvi qopqog‘i va idishida arabchada Zam-Zam so‘zi bitilgani aytiladi. Yana ikki suvning mazasida ham farq borligiga haqiqiy Zam-Zamni ichib ko‘rganidn so‘ng, ishonch hosil qilganini uqdiradi. Videolavhada so‘z yuritgan kishi, Yaratganga ibodat qilishini iddao etuvchilarning bunday ishlarni amalga oshirib, pul topayotganini hazm qila olmasligini ta'kidlaydi.
Shunday ekan, Zam-Zam suvi ekani uqdirilgan har qanday suvga ishonib qolmaslik, uning haqiqiyligini tekshirib ko‘rishlikni tavsiya qilamiz. Xalqning soddaligi va ishonuvchanligidan foydalanib qolayotgan olg‘irlar ham o‘zlarining qilayotgan ishlarini o‘ylab ko‘rsalar yaxshi bo‘lar edi. Huquq-tartibot idoralari firibgarlik yo‘li bilan insonlarning ishonuvchanligidan o‘zlarining g‘arazli maqsadlarida foydanayotganlar faoliyatiga chek qo‘yishlaridan umid qilib qolamiz.
Eslatib o‘tamiz, muqaddas Zam-Zam suvi Makka Mukarramadagi Ka'bai muazzama yaqinida yer tubidan chiquvchi buloq suvidir. Olimlar uning Yer yuzidagi eng toza suv ekanligini isbotlashgan.
Mavzuga oid
18:45 / 21.11.2022
Aldanib qolmang: Telegram'da aholiga pul tarqatilayotgani haqida yolg‘on xabar aylanib yuribdi
07:36 / 09.12.2021
Buxoroda tadbirkorga bankdan 400 ming dollar kredit olishda yordam berishni va'da qilgan SSP xodimi ushlandi
17:39 / 06.12.2021
Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari 29 ming dollar bilan ushlandi
13:25 / 06.12.2021