Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ATP Erdo‘g‘anga o‘z safiga qaytishni taklif qiladi
Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim muxolifatni referendum natijalarini tan olishga chaqirdi. Shu bilan birga u referendumning rasmiy natijalari e'lon qilinganidan keyin Adolat va taraqqiyot partiyasi (ATP) prezident Erdo‘g‘anni o‘z safiga taklif qilishini ta'kidladi. Bu haqida Daily Sabah nashri xabar berdi.
Yildirim o‘z partiyasining parlament guruhi majlisida ishtirok etar ekan, Turkiya bundan buyon faqat oldinga qadam tashlashini ma'lum qildi. U muxolifatni xalq xohishini hurmat qilishga chaqirdi. U turk xalqi referendumda o‘z tanlovini amalga oshirib bo‘lgani va debatlar tugaganini qayd etdi.
"ATP rasmiy natijalar e'lon qilinganidan keyin o‘z asoschisi (Rajab Toyyib Erdo‘g‘an)ni partiyaga qaytishga taklif qiladi", - dedi Yildirim.
Yakshanba kungi referendum Erdo‘g‘an prezidentlik boshqaruvi tarafdorlarining 51,41 foizlik g‘alabasiga olib keldi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025