Jamiyat | 09:12 / 18.04.2017
28005
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng keksa inson sifatida yamaykalik ayol tan olindi

Foto:Jamaica-gleaner/Sheena Gayle

Dunyoning eng keksa insoni sifatida Yamaykaning 117 yoshli fuqarosi Vayolet Moss Braun (Violet Mosse Brown) tan olindi. Bu haqda Metro nashri yozmoqda.

Braun 1900 yil 10 mart kuni Yamaykaning Treloni tumanida dunyoga kelgan. Sayyoraning eng keksa erkak kishisi bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘g‘lining onasi tirik. 

2010 yili ayol mahalliy gazetalardan biriga intervyu bergan. Keksa ayol cho‘chqa va tovuq go‘shti iste'mol qilmasligini hamda ichkilik ichmasligini aytgan. «Bilasizmi, ba'zan men o‘zimdan so‘rayman: nahotki, men 110 yoshdaman? — degan o‘shanda ayol. — Chunki, men o‘zimni 110 yoshdek sezmayman».

15 aprel kuni Yer yuzining eng keksa insoni italiyalik Emma Moran vafot etgani haqida xabar qilingan edi. U 3 asrni ko‘rgan inson hisoblanar edi. Shundan so‘ng, Yamayka bosh vaziri Endryu Xolness (Andrew Holness) Twitter sahifasi orqali Braunni rekord bilan tabriklagan. 

Moranning vafotidan so‘ng, ispaniyalik 115 yoshli Ana Vela Yevropaning eng keksa fuqarosi bo‘ldi, deb yozadi El País gazetasi. Eng keksa yevropalik erkak sifatida 112 yoshli Frasisko Nunes Olivera hisoblanmoqda. U ham Ispaniyada isstiqomat qiladi. Dunyoning eng ko‘p umr ko‘rayotgan erkak kishi 1903 yilda tug‘ilgan Israel Krishtaldir. 

Mavzuga oid