Muvozanatni saqlay oluvchi yangi skuter namoyish qilindi (video)
Nazariyaga ko‘ra, harakatlanayotgan g‘ildirak yerda qancha kam iz qoldirsa, yoqilg‘i xarajati shuncha kam, harakatchanlik darajasi shuncha yuqori bo‘ladi. Yaqinda nemis muhandisi Olaf Vinklerning 1,5 ming dollarlik Uo qurilmasi sotuvga chiqib, uning egalari ushbu fizik tamoyilni tekshirish imkoniga ega bo‘lishadi. Kickstarter shu haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi.
Mashina asosi qalin rezinali oddiy shar ichida jamlangan har tomonga yo‘naluvchi uch g‘ildirakdan iborat. Ular aylanib, sharni kerakli tomonga harakatlantiradi. Sharning to‘g‘ri joylashuvi tufayli tuzilma o‘z muvozanatini saqlay oladi.
Transport vositasining yangiligini inobatga olgan holda, muhandis tajribasiz "haydovchilar" uchun boshqaruv qismini ushlagich va joystik bilan ta'minladi.
Uo'ning maksimal tezligi - soatiga 12 kilometr, biroq Vinkler batareyalar sig‘imi va avtonom xizmat vaqtiga oid ma'lumotlarni oshkor qilishga shoshilmayapti.