Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya AQSh bilan yadroviy urushga tayyor ekanini ma'lum qildi
Shimoliy Koreya armiyasi AQSh majbur qilgan taqdirda yadroviy urushga javob berishga tayyor. KXDR elchixonasining muxtor vaziri Zin Chjon Xep shu haqida ma'lum qildi.
"Bizning armiyamiz va xalqimiz yov kuchlari tomonidan har qanday provokatsiyaga javob berish uchun yetarli iroda, tayyorgarlik va kuch-qudratga ega. Bizning armiya va xalqimiz AQSh hamda yov kuchlarning agressiv xatti-harakatlariga javob berishga tayyor. Agar ular yadroviy urushni xohlashsa, biz ham yadroviy urush bilan javob qaytara olamiz. Agar ular har tomonlama urushni istashsa, biz unisiga ham tayyormiz", - dedi Zin Chjon Xep Rossiyaning LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy bilan kechgan uchrashuvda.
AQShning "Karl Vinson" aviatashuvchisi boshchiligidagi harbiy kemalar guruhining Koreya yarim oroliga joylashishi u yerdagi vaziyatni yanada keskinlashtirdi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025