Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Daniyada futbol muxlislari maydonga o‘lik kalamushlarni uloqtirishdi
Daniyaning "Brondbyu" klubi muxlislari mamlakat chempionatining navbatdagi turida "Kopenhagen"ga qarshi uchrashuvda kurakda turmaydigan ishni amalga oshirishdi. Muxlislar mehmon jamoa futbochilariga qarata o‘lik kalamushlarni uloqtirishgan. Ushbu holat tasvirlangan video internetda paydo bo‘ldi.
Voqea uchrashuv yakunlanishiga 5 daqiqa qolganda yuz bergan: "Kopenhagen" o‘yinchisi Benyamin Verbich burchak to‘pini amalga oshirgani borganda, raqib jamoa muxlislari unga va yaqin atrofdagi jamoadoshlariga o‘lik kalamushlarni otishni boshlashgan. Hammasi bo‘lib maydonga 4 ta kalamush otilgan. Futbolchi dastlab bunday muomaladan bir oz o‘zini yo‘qotib qo‘ygan, biroq keyin jamoadoshi bilan maydonni "kutilmagan mehmonlardan" tozalashni boshlagan.
Ta'kidlash joizki, uchrashuv "Kopenhagen"ning 0:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan. Uchrashuvdagi yagona to‘pni aynan "jabrdiyda" Verbich amalga oshirgan.
Shu g‘alabadan keyin chempionat peshqadami "Kopenhagen" 2-o‘rinda borayotgan "Brondbyu"dan 13 ochko oldinlab ketdi.
Bu ikki jamoa Daniyaning o‘zaro eng murosasiz jamoalari va nomdor klublaridan hisoblanadi. "Kopenhagen" chempionatni 11 marotaba, "Brondbyu" esa 10 marotaba yutgan.
Mavzuga oid
23:20 / 22.05.2025
Daniyada pensiya yoshi oshiriladi
19:42 / 27.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
14:25 / 17.04.2025
Daniya askarlarini Ukrainaga o‘qitish uchun jo‘natmoqchi
18:44 / 02.04.2025