Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniyada odamlar o‘qqa tutilishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
AQShda o‘qotar qurol bilan bog‘liq yana bir favqulodda vaziyat yuz berdi: noma'lum kimsa Kaliforniya shtatidagi Fresno shahrida odamlarga o‘q uzdi. Oqibatda 3 kishi halok bo‘lgan, deb xabar bermoqda mahalliy sherifga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.
Voqea joyida politsiya ish olib bormoqda, yaqin oradagi ko‘chalar va okrug sudi binosi yopilgan. Ma'lum qilinishicha, gumonlanuvchi qo‘lga olingan va so‘roq qilinmoqda. U 39 yoshli Qori Ali Muhammad ismli shaxs bo‘lib chiqqan. U avval qotillik ayblovi bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, barcha halok bo‘lganlar oq tanli erkaklar bo‘lgan va tasodifiy ravishda otib tashlangan. Jinoyatchi o‘z jinoyatini irqiy nafratlanish negizida sodir etgani taxmin qilinmoqda.
Ta'kidlash joizki, Kaliforniyada bunday favqulodda vaziyatlar tez-tez sodir bo‘lib turadi: kuni-kecha Valexo shahrida noma'lum kimsalar kechadan uyiga qaytayotgan o‘smirlarni o‘qqa tutganlar. Oqibatda 9 bola jarohat olgan.
Bir hafta avval esa San-Bernandinoda 53 yoshli erkak boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi bo‘lgan rafiqasini otib tashlagan va uning ikki o‘quvchisini yaralagan. So‘ngra o‘z joniga qasd qilgan. Keyinroq bolalardan biri shifoxonada vafot etgan.
Mavzuga oid
21:32 / 27.05.2025
Olimlar yaqin yillar ichida Kaliforniyada halokatli zilzila yuz berishidan ogohlantirdi
20:14 / 27.01.2025
Kaliforniyada AQSh tarkibidan ajralib chiqish tarafdorlari imzo to‘play boshladi
18:54 / 17.01.2025
Kaliforniyada dunyodagi eng yirik akkumulyator zavodlaridan birida yong‘in chiqdi
16:37 / 16.01.2025