O‘zbekiston | 17:05 / 19.04.2017
15572
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident avtomobil yo‘llarining texnik holatini tahlil qilishga mas'ul bo‘lgan amaldorni tayinladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 10 apreldagi PQ-2877-sonli qaroriga binoan Obid Adilov O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari – bosh muhandis etib tayinlandi. Bu haqda Avtomobil yo‘llari Davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Obid Choriyevich Adilov shu paytga qadar "O‘zavtoyo‘l" DAK boshqaruvi raisi o‘rinbosari – bosh muhandis lavozimida ishlab kelgan.

Prezidentning 2014 yil 14 fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi qarori bilan tasdiqlangan yangi qo‘mitaning tashkiliy tuzilmasiga asosan qo‘mita raisi o‘rinbosari – bosh muhandis: avtomobil yo‘llarini saqlash va ularning texnik holatini tahlil qilish, yo‘llarda tashilayotgan yuklar og‘irligi va hajmini nazorat qilish, avtomobil yo‘llarining hisobi va ularning davlat kadastri, shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash masalalariga rahbarlik qiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid