Ravon R2 (Spark) Rossiyada eng ko‘p sotiluvchi avtomobillar qatoridan joy oldi

"AVTOSTAT" tahliliy agentligi 2017 yil yanvar-fevral oylari natijalariga ko‘ra, Rossiyadagi yengil avtomobillar bozorini o‘rganib chiqdi. Ushbu tadqiqot "xetchbek" kuzoviga ega mashinalarni o‘z ichiga qamrab oldi. Uning natijasiga ko‘ra, bunday modeldagi eng ko‘p sotiluvchi mashinalar reytingi tuzildi.
GM Uzbekistan kompaniyasining Asakadagi zavodida ishlab chiqariluvchi Ravon R2 avtomobili ushbu reytingda 10-o‘rin egalladi. Bu mashinadan Rossiyada ko‘rib chiqilgan davr ichida 372 dona sotilgan. O‘zbek mashinasi 7-9-o‘rindagi mashinalardan uncha ham ortda qolmagan. Misol uchun, 429 dona miqdorda sotilgan Ford Focus 7-o‘rinni, 427 dona sotilgan LADA Kalina 8-o‘rinni va 414 dona sotilgan Ford Fiesta 9-o‘rinni egallagan.
Reyting yetakchisi LADA Granta modeli bo‘ldi. Bu mashinadan ko‘rib chiqilgan davr ichida 4189 dona sotilgan. 2-o‘rinni Lada Xray xetchbeki egallagan (3698). 3-o‘rin esa 3204 dona miqdorda sotilgan Renault Sandero’ga nasib qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Ravon R2 (Spark) 1,25 litrli B-DOHC dvigateli va yangi avloddagi avtomatik transmissiya bilan jihozlangan. Mashina komplektatsiyasi o‘z ichiga yaxshilangan shovqin izolyatsiyasi, yangilangan asboblar paneli, MP3, USB, AUX va Bluetooth funksiyalariga ega audiotizimni olgan. Ravon R2’ning faol va passiv xavfsizlik tizimidan xavfsizlik yostiqchalari, rulni elektron boshqarish tizimi, elektr oyna ko‘targichlar, antiblokirovkalash tormozi va bolalar o‘rindiqlarini mahkamlash tizimi joy olgan.
Mavzuga oid

21:59 / 06.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?

20:20 / 06.05.2025
Yevroittifoq Rossiyaning 150 ta tankeriga qarshi sanksiyalar joriy etadi - Bloomberg

18:15 / 06.05.2025
Ramzon Qodirov o‘zini Checheniston rahbari lavozimidan ozod etishni so‘raganini aytdi

18:03 / 06.05.2025