Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Eronga nisbatan sanksiyalarni qayta tiklashi mumkin
AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni qisman bekor qilish AQSh manfaatlariga qanchalik javob berishini aniqlash vazifasini topshirgan. Barak Obama Tehron yadro dasturi borasida xalqaro hamjmiyat bilan erishilgan kelishuv doirasida sanksiyalarni bekor qilgan edi, deb xabar qilmoqda Reks Tillerson.
"Prezident Donald Tramp ko‘rsatmasiga binoan turli idoralar Milliy xavfsizlik kengashi rahbarligida Umumiy qo‘shma harakatlar rejasini muhokama qiladi. Unda Eronga nisbatan sanksiyalarni to‘xtatish AQShning o‘ta muhim milliy manfaatlariga javob berishi yoki yo‘qligi ko‘rib chiqiladi", — deyiladi Tillerson bayonotida.
Shu bilan birga, davlat departamentining vakillar palatasi spikeri Pol Rayanga yozgan maktubida qayd etilishicha, Eron kelishuv bo‘yicha zimmasiga olgan majburiyatlarga rioya qilmoqda.
"Shunga qaramay, davlat kotibi Eronning terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi siyosatidan tashvish bildirgan va kongressni prezident topshirig‘iga muvofiq o‘tkazilayotgan ishlardan xabardor qilgan", — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025