Jahon | 07:54 / 19.04.2017
13269
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Shimoliy Koreya bilan yadroviy urushdan xavotirlanish kerakligini aytdi

Foto:TMJ4

AQSh prezidenti Donald Tramp TMJ4 telekanaliga bergan intervyusida amerikaliklarda AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasida yadroviy urush boshlanishidan xavotirlanish uchun barcha asoslar borligini aytgan.  

"Har doim xavotirlanish kerak. Biz kim bilan ish ko‘rayotganimiz noma'lum", deb aytgan Tramp jurnalistning AQSh fuqarolari Shimoliy Koreya bilan yadroviy urush boshlanishidan qanchalik xavotirlanishlari kerakligi haqida bergan savoliga javoban. 

Shu bilan birga Tramp Xitoy raisi Si Tszinpin bilan o‘tgan uchrashuvda Koreya inqirozi haqida ko‘plab yangi ma'lumotlarni bilib olganini eslatib o‘tdi.

"Nima bo‘lishini ko‘ramiz. Vaziyat juda, juda murakkab", deb ta'kidlab o‘tgan Tramp.

Avvalroq AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan uchrashuvda "tinchlikka kuch bilan erishish" yo‘li haqida gapirib o‘tgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid