Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Allegri: Ikki o‘yinda bironta to‘p kirita olmagan «Barselona» - bu juda g‘ayritabiiy holat
«Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri «Barselona» bilan javob uchrashuvi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Turinliklar birinchi bahsda 3:0 hisobida g‘alaba qozonishgani tufayli turnirning keyingi bosqichiga chiqishdi.
«O‘yinchilar juda ajoyib harakat qilishmoqda. Ular maqtovga loyiq. Bu oldinga qo‘yilgan qadam hamda top-klassdagi raqib bilan uchrashuvdagi yaxshi natija keyingi bosqichga chiqish imkonini berdi. Biz juda yaxshi himoyalandik, hujumda esa bir qadar murakkabliklar bo‘ldi, biz qarshi hujumlardan unumli foydalana olmadik. Bu yerda katta bosim bor edi, ammo bu YeChL finali bo‘lib o‘tadigan Kardiffga qo‘yilgan juda muhim qadamga aylandi.
Ikki o‘yinda bironta to‘p kirita olmagan «Barselona» - bu juda g‘ayritabiiy holat. Biz asta-sekin kuchayib bormoqdamiz, futbolchilar o‘zlari yanada yaxshiroq o‘ynashlari mumkin ekanini tushunishlari kerak. Biz ancha xotirjamroq va shu bilan birga, tajovuzkor o‘ynashimiz kerak edi, biroq «Kamp Nou»da o‘z o‘yiningni ko‘rsatish oson emas, sababi o‘z maydonidagi «Barselona» - bu umuman boshqa jamoa. Ular to‘pni juda tez harakatlantirishadi, hamda faqatgina ideal o‘yin ko‘rsatuvchi «Yuventus» keyingi bosqichga chiqishi mumkin edi», - deya aytib o‘tdi Allegri Mediaset Premium efirida.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025