Kogonda “Profilaktika kuni”da maktablardagi o‘quvchilar davomati o‘rganildi
Joriy yilning 20 aprel kuni “Profilaktika kuni” munosabati bilan Buxoro viloyatida barcha korxona, tashkilot va muassasa xodimlari ishtirokida profilaktik tadbirlar olib borildi.
Jumladan, viloyat IIB Huquqbuzarliklarning oldini olish boshqarmasi xodimlari Kogon shahar IIB xodimlari bilan birgalikda shahardagi Kogon maktabgacha ta'lim va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida, 2-sonli umumiy o‘rta ta'lim va 17-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktablarida o‘quvchilar davomati o‘rganildi.
O‘rganish davomida, Kogon maktabgacha ta'lim va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida dars mashg‘ulotlarida qatnashishi lozim bo‘lgan 763 nafar o‘quvchilardan 214 nafari o‘quv amaliyotida bo‘lganliklari, 61 nafar o‘quvchilar turli sabablarga ko‘ra mashg‘ulotlarga kelmaganligi, shulardan 6 nafari muntazam ravishda qatnashmaydigan va 7 nafari yashash manzilidan boshqa davlatlarga chiqib ketgan o‘quvchilarni tashkil qilganligi aniqlandi.
Shuningdek, 2-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining 240 nafar o‘quvchisidan 6 nafari, 17-sonli ixtisoslashtirilgan Davlat umumta'lim maktabining 606 nafar o‘quvchilaridan 29 nafari turli sabablarga ko‘ra darsga kelmaganliklari, shundan bir nafar (Qurbonova Kamola) o‘quvchi ota-onasi bilan yashash joyidan uzoq muddatga chiqib ketganligi ma'lum bo‘ldi.
O‘z navbatida, mazkur ta'lim muassasalarida o‘quvchilar o‘rtasida voyaga yetmagan va yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish mavzularida uchrashuvlar o‘tkazilib, o‘quvchilarga bu borada tushuntirish berildi.
Mavzuga oid
12:01 / 09.11.2024
Buxoroda 16 yoshli bola o‘nlab shaxslar nomiga kredit olib, onlayn qimorga tikib yubordi. U qamoqqa olingan
11:34 / 06.11.2024
Buxoroda 1 mlrd so‘mdan ziyod elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi
15:04 / 03.11.2024
Buxoroda xotiniga og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxs qamoqdan ozod qilinib, shartli jazo tayinlandi
20:48 / 09.10.2024