Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkish Airlines samolyot bortida dunyoga kelgan qizcha hayotida ishtirok etadi
Turkish Airlines (THY) aviakompaniyasi o‘z samolyoti bortida tug‘ilgan Fransiya fuqarosi Xadicha Nafiyning kelgusida ta'lim olishi va ishga joylashishida yordam beradi. Bu haqida "Anadolu" agentligi xabar berdi.
Qizcha Konakri (Gvineya) - Uagadugu (Burkina-Faso) - Istanbul (Turtsiya) reysida dunyoga kelgan.
Turkish Airlines boshqaruvi rahbari Ilker Ayji gvineyalik qizchaning onasi Diabi Nafiy va Xadicha o‘zlarini yaxshi his qilayotganliklarini ma'lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, aviakompaniya qizchaning kelgusidagi hayotida ishtirok etadi.
"Bu qizcha Turkish Airlines bortida tug‘ildi va shu bois biz Xadichaning ta'lim olishi hamda ishga joylashishida o‘z hissamizni qo‘shamiz. Umid qilamizki, u kelgusida bizning jamoamizga qo‘shiladi va Turkish Airlines'da karera quradi", - dedi Ayji.
Manbaga ko‘ra, THY qizchaning oilasi uning Turkiya fuqarosi bo‘lishini istagan taqdirdagina yordam ko‘rsatadi.
Aprel oyi boshida Fransiya fuqarosi bo‘lgan ayolning samolyot bortida to‘lg‘og‘i tutib qolgan. Maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan Turkish Airlines bort kuzatuvchilari bolaning dunyoga kelishiga yordam berishgan.
Mavzuga oid
15:55 / 13.05.2025
Turkiya aviakompaniyalari samolyot to‘xtashidan oldin o‘rnidan turganlarni jarimaga tortadi
13:32 / 30.04.2025
O‘zbekistonda “Bepul yuridik yordam ko‘rsatish kuni” o‘tkaziladi
22:00 / 25.03.2025
AQSh Mehnat vazirligi 38 million dollarlik xorijiy yordamni to‘xtatdi
13:44 / 18.02.2025