Yevropa ligasining so‘nggi yarim finalchisi penaltilar seriyasida aniqlandi
Uchrashuvning 27-daqiqasida Taliska hisobni ochgan bo‘lsa, Aleksandr Lyakazett 34-daqiqida hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limda yana o‘sha Taliskaning o‘zi dubl qayd etib jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Jamoalar boshqa gol kirita olishmadi.
Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra tenglik yuzaga kelgani bois, jamoalar overtaymda saf tortishdi. Biroq 30 daqiqa davomida birorta jamoa gol kiritishni uddasidan chiqa olmadi va natijada g‘olib penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo‘ldi. Penaltilar seriyasida esa jamoalar 8 martadan zarba berishiga to‘g‘ri keldi. «Lion» darvozaboni Antoni Lopesh mezbonlarning so‘nggi penaltisini qaytardi. So‘nggi golni Maksim Gonalon aniq amalga oshirib jamoasini yarim finalga olib chiqdi.
Yevropa ligasi, 1/4 final
Javob uchrashuvi
Beshiktosh (Turkiya) – Lion (Fransiya) 2:1 (1:0) penalti seriyasi bo‘yicha — 6:7
Gollar: Taliska (27, 58) – Lyakazett (34).
Beshiktosh: Fabrisio, Mitrovich, Adriano (Bek, 77), Go‘nul, Toshich, O‘zyakub (Uysal, 94), Xatchinson, Taliska, Kuarejma (Arslan, 117), Babel, To‘sun.
Lion: Antoni Lopesh, Nkulu, Morel (Ribus, 120), Jalle, Diakabi, Tolisso, Gonalon, Valbuena, Tuzar, Korne (Fekir, 77), Lyakazett (G‘azzol, 90).
Ogohlantirishlar: Adriano (29), Gonalon (32), Toshich (78), Go‘nul (118).
Dastlabki uchrashuv: 1:2.
Mavzuga oid
09:29 / 27.05.2024
Lion metrosida odamlarga pichoq bilan hujum qilgan shaxs ushlandi
13:33 / 16.12.2022
Lion yaqinidagi yong‘inda kamida 10 kishi halok bo‘ldi
16:52 / 03.11.2021
Fransiyadagi "Bahor" brendi, "propiska" va qiyinchiliklar - oddiy baliqchi qizining hikoyasi
20:22 / 27.09.2021