Fan-texnika | 15:59 / 21.04.2017
5594
2 daqiqa o‘qiladi

Usenet anjumanida mobil keng polosali kirishning rivojlanishi muhokama qilinadi

25 aprel kuni Usenet 2017 anjumani doirasida «2017-2021 yillarda mobil KPKning rivojlanishi. 3G’ni kengaytirish, 4G’ni tatbiq etish va 5G’ga o‘tish» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuv davomida quyidagi masalalar muhokama qilinadi: O‘zbekistonning barcha yirik shaharlarida LTE tarmoqlarini joylashtirish – muddatlar, texnologiyalar, investitsiyalar. M2M-qarorlar bozori holati, «Buyumlar interneti»ni rivojlantirish. Bundan tashqari, 2017-2021 yillarda rivojlanish Strategiyasi doirasida KPKni tartibga solish masalalari ham muhokama etiladi.

Tadbir spikerlari: O‘zbekiston Respublikasining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha vaziri o‘rinbosari Umidjon A'lamov, Unitel bosh direktori Dmitriy Shukov, UZMOBILE bosh direktori Vladimir Kravchenko.

Anjuman tashkilotchisi - Ledokol Group agentligi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha Vazirligi, «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish Markazi va UZINFOCOM Markazi ko‘magida o‘tkazilmoqda. Bosh homiy - Beeline Uzbekistan. Anjuman homiylari – Click mobil banking tizimi, «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘i va bosh axborot homiysi - «Yandeks». 

Tadbirda ishtirok etish bepul. Kirish faqatgina taklifnomalar bilan. Ishtirok etish uchun anjuman saytida murojaat yuborish lozim. Tadbir 25 aprel kuni International Hotel Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid