Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzbek Tigers’ning Rossiyadagi janglari Sport TV orqali namoyish etiladi
Bugun, 21 aprel kuni Uzbek Tigers jamoasi Rossiyaning Perm shahrida The World Series Boxing (WSB) guruh bosqichining 6-turi doirasida Patriot boxing team jamoasiga qarshi janglarni o‘tkazadi.
Sport TV telekanali mazkur qarama-qarshilikni jonli efirda namoyish etishni rejalashtirgan. Janglar Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.
O‘zbekiston terma jamoasi turnirning keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritib bo‘lgani tufayli Rossiyaga ikkinchi tarkibni yuborgan.
Uzbek Tigers’ning rossiyaliklar vakillariga qarshi ringga chiqadigan bokschilari:
-52 kg: Abror Qodirov — Vyacheslav Tashkarakov
-60 kg: Ulug‘bek Do‘stmurodov — Konstantin Bogomazov
-69 kg: Odil Aslanov — Artyom Zaytsev
-81 kg: Madiyor Saidrahimov — Pavel Silyagin
+91 kg: Mirzobek Hasanov — Artyom Suslenkov
Mavzuga oid
20:15 / 09.08.2022
Permdagi o‘zbeklar Ukrainadagi urushda qatnashishga da’vat qilindi. Migratsiya agentligi oqibatlardan ogohlantirdi
15:11 / 10.06.2020
«Superligamiz to‘xtatilmaganida Angliyada ham ko‘rsatishardi». Translatsiya qiyinchiliklari, tanqidlar, sharhlovchilar haqida «Sport» TV rahbari bilan ochiq suhbat
09:37 / 04.10.2019
Permda YTHga uchragan avtobus yo‘lovchilarini qutqargan Danil Yo‘ldoshev Mehnat vazirligi jamoasiga qabul qilindi
10:55 / 28.02.2019