Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik yoshlar #XotiraUz heshtegini dunyo trendiga chiqarishni maqsad qilishdi
«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan «9 may» aksiyasiga start berilganini e'lon qiladi. Bu haqda ijtimoiy harakat Axborot xizmati xabar bermoqda.
“Aziz yoshlar! Aktsiyada ishtirok etish hamda eksklyuziv sovg‘alarga ega bo‘lish uchun Sizdan faqatgina faollik talab etiladi, xolos.
Buning uchun Siz joylarda Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbirlar jarayonidan olingan fotosuratlaringizni #XotiraUz heshtegi ostida Facebook ijtimoiy tarmog‘iga https://www.facebook.com/kamolot.uz/ sahifasini (@kamolot.uz) belgilagan holda joylashtirib boring! Fotosuratlar soni cheklanmagan!”, deyiladi xabarda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, eng yaxshi fotosuratlar Harakatning Markaziy Kengashida tashkil etilgan maxsus ishchi guruh tomonidan saralanadi hamda www.kamolot.uz saytida e'lon qilib boriladi.
Aktsiyada faol ishtirok etgan yoshlar – eng yaxshi fotopost mualliflari «Kamolot» YIH tomonidan «Kamolot» kutubxonasi” rukni ostida chop etilayotgan kitoblar to‘plami hamda 2017 yilning 25 aprel kuni soat 18:30 da O‘zbekiston xalqaro anjumanlar saroyida bo‘lib o‘tadigan Yoshlar simfonik orkestrining «Bahor nafasi» nomli konsertiga ikki kishilik taklifnomaga ega bo‘ladi.
Eslatma: Aktsiya doirasida tarqatilayotgan bayroqcha va maxsus stikerlarni «Kamolot» YIHning mahalliy va hududiy Kengashlaridan olish mumkin.
Mavzuga oid
16:17 / 01.05.2025
Toshkentda Xotira kuniga bag‘ishlab 2000 kishi ishtirokida marafon o‘tkaziladi
20:36 / 19.02.2025
Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi hamda «Xotira va qadrlash kuni» keng miqyosda nishonlanadi
23:58 / 09.05.2023
U tobora uzoqlashmoqda: nega sobiq sovet davlatlari g‘alaba kunini keng nishonlamay qo‘yishdi?
15:35 / 09.05.2023