Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon yetakchilarining pul yuvish sxemasiga aloqador shaxslar garov evaziga ozodlikka chiqarildi
Panama sudi Mossack Fonseca yuridik firmasi asoschilari Yurgen Mossak va Ramon Fonsekani garov evaziga vaqtinchalik ozodlikka chiqardi. Ular fevral oyida pul yuvish bo‘yicha ayblanib, hibsga olingandi, deya xabar tarqatdi Reyter agentligi.
Ularning har biri juma kuni 500 ming dollardan to‘lab bergan, deb xabar qildi himoyachi Gilermin Makdonald agentlikka. Uning so‘zlariga ko‘ra, sudning pul evaziga vaqtinchalik ozodlikka chiqarish haqidagi qarori, firma egalari tergovga yordam berishgani bilan bog‘liq. Buning ustiga, ularning mamlakatdan qochib chiqib ketishlari ehtimoli juda kam.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning aprel oyida Germaniyaning Sueddeutsche Zeitung nashri Panamaning Mossack Fonseca yuridik firmasi ehtimoliy hujjatlarini e'lon qildi. Gazeta ma'lumoti, ular qator jahon yetakchilari va ularga yaqin shaxslarning ofshor sxemalarga aloqasi bor ekanidan dalolat beradi. “Panama qog‘ozlarining” haqiqatga to‘g‘ri kelishi rasman tasdiqlanmagan, Mossack Fonseca’ning o‘zi esa, ular rost ekanini tasdiqlashdan bosh tortdi, hamda jurnalistlar xatti-harakatini jinoyat, deb atadi.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025