Sport | 20:58 / 23.04.2017
3609
4 daqiqa o‘qiladi

A Seriyada «gollar yomg‘iri» davom etdi. «Latsio» 6ta gol urdi, «Milan» yutqazdi

Italiya chempionatining 33-turida «Latsio» «Palermo»ni qabul qildi. Rimdagi «Olimpiko» stadionida kechgan uchrashuv 6:2 hisobida yakunlandi.

Mezbonlar safida Balde Keyta het-trik (ikkinchi gol — penaltidan) qayd etdi, Chiro Immobile dublni rasmiylashtirdi, yana bir golga Luka Krekko mualliflik qildi. Mehmonlarning gollari Andrea Rispoli tomonidan urildi.

Turning yana bir bahsida «Milan» «Empoli»ga yutqazdi (1:2). «Torino» esa «Kevo» ustidan g‘alaba qozondi(3:1), «Sampdoriya» «Krotone»ga o‘z maydonida mag‘lub bo‘ldi (1:2), «Udineze» «Kalyari»dan ustun keldi (2:1).

Italiyada turning markaziy uchrashuvida 9ta gol urildi

Tur doirasida 22 aprel kuni o‘tkazilgan «Fiorentina» va «Inter» jamoalari bahsida 9ta gol urilgan, mezbonlar 5:4 hisobidagi g‘alabaga erishgandi. Bugun esa «Napoli» «Sassuolo» maydonidan 2:2 hisobidagi durang bilan qaytdi. Tur doirasidagi «Yuventus» - «Jyenoa» hamda «Peskara» va «Roma» uchrashuvlari endi bo‘lib o‘tadi.

«Napoli» «Sassuolo»ga qarshi o‘yinda «qoqildi»

Italiya chempionati
33-tur

Latsio – Palermo 6:2 (5:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 8 Immobile, 2:0 – 9 Immobile, 3:0 – 21 Keyta, 4:0 – 24, penalti Keyta, 5:0 – 26 Keyta, 5:1 – 46 Rispoli, 5:2 – 52 Rispoli, 6:2 – 90 Krekko.
Latsio – Strakosha, Uolles, de Vrey, Xudt, Milinkovich-Savich (Krekko, 70), Felipe Anderson, Bigliya, Lulich, Parolo (Lukaku, 46), Keyta (Lombardi, 83), Immobile.
Palermo – Posavets, Morganella, Shunich, Goldaniga, Rispoli, Yayalo (Chochev, 66), Gatstsi, Shallai (Bruno Enrike, 25), Gonsales, Nestorovski, Lo Faso (Traykovski, 74).
Ogohlantirishlar: Milinkovich-Savich (58), Gatstsi (63).

Milan – Empoli 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 40 Mchedlidze, 0:2 – 67 Tyam, 1:2 – 72 Lapadula.
Milan – Donnarumma, Sapata, De Shilo (Okampos, 71), Kalabriya, Paletta, Fernandes (Bakka, 62), Sosa, Suso (Xonda, 88), Pashalich, Deulofeu, Lapadula.
Empoli – Skorupski, Bellushi, Paskual, Lorini (Dzambelli, 65), Barba, Mauri (Telo, 57), El-Xadji, Al-Kadduri, Kroche, Tyam, Mchedlidze (Makkarone, 53).
Ogohlantirishlar: Sosa (21), De Shilo (48), Tyam (56), Telo (82), Lapadula (82), Al-Kadduri (89), Bellushi (90).

Sampdoriya – Krotone 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 20 Shik, 1:1 – 67 Falchinelli, 1:2 – 80 Simi.
Sampdoriya – Pudjoni, Shkrinyar, Dodo (Redjini, 73), Bereshinski, Silvestre, Barreto (Alvares, 84), Torreyra, Fernandesh, Prat (Djurichich, 68), Shik, Kualyarella.
Krotone – Kordats, Martella, Chekkerini, Ferrari, Barberis, Rozi, Krisetig, Roden (Stoyan, 59), Nalini (Akosti, 80), Falchinelli, Trotta (Simi, 75).
Ogohlantirishlar: Prat (61), Chekkerini (62), Ferrari (80), Torreyra (83), Falchinelli (83).

Udineze – Kalyari 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 70 Peritsa, 2:0 – 72 Andjyella, 2:1 – 86 Borrello.
Udineze – Karnezis, Larangeyra, Andjyella, Felipe, Vidmer, Agemang-Badu (Kums, 58), Xadlvredsson, Yankto (Silva, 90), de Paul, Tereo (Peritsa, 66), Sapata.
Kalyari – Bittenkur, Alvesh, Salamon, Murru, Barella (Farago, 76), Isla, Joao Pedro (Farias, 69), Taxtsidis, Deyola (Padoin, 80), Borrello, Sau.
Ogohlantirishlar: Felipe (58), Barella (69).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid