Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Tramp deyarli har hafta mediamagnat Merdok bilan muloqot qiladi
AQSh prezidenti Donald Tramp deyarli har hafta mediamagnat Rupert Myordok bilan bog‘lanib, u bilan jumladan strategik masalalarni muhokama qiladi. Bu haqda ushbu ikki shaxsga yaqin bo‘lgan manbalarga iqtibos keltirgan holda New York Times nashri xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, prezident va tadbirkor o‘rtasida anchadan beri yaqin aloqalar o‘rnatilgan. Myordok Trampni eng og‘ir daqiqalarda qo‘llab-quvvatlab, unga e'tiborini iqtisodiy muammolarga qaratishni tavsiya qilib keladi.
"Ular bir-birlarini qo‘llab-quvvatlaydilar va strategiya ishlab chiqadilar", deb yozmoqda nashr.
Mediamagnat hattoki bir marta Oq uy matbuot kotibi Shon Spayserga qo‘ng‘iroq qilib, jurnalistlar uchun brifingda Suriya prezidenti Bashar Asadni zaharlovchi moddalarni qo‘llashda ayblagani va "Gitler bunchalik tuban ketmaganini" aytgani uchun tanqidlar ostida qolganda unga tasalli bergan.
New York Times’ning qo‘shimcha qilishicha, Myordokga tegishli New York Post nashri va Fox News telekanali Trampning faoliyatini ijobiy tomondan yoritib keladi.
Mavzuga oid
23:37 / 21.09.2023
Dunyoning birinchi raqamli mediamagnati lavozimidan ketmoqda
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi
22:47 / 10.08.2020