Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rim papasi qochqinlar markazlarini "konslagerlar" deb atadi
Rim papasi Frantsisk Tibr orolidagi Avliyo Varfolomey ibodatxonasida o‘tkazgan ibodat vaqtida Yevropada Yaqin Sharq va Afrika davlatlaridan kelgan muhojirlar uchun mo‘ljallangan markazlarni "konslagerlar" deb atadi.
"Qochqinlar uchun bu markazlar, ulardan ko‘plari konsentratsion lagerlar hisoblanadi, ko‘rinishicha xalqaro kelishuvlar inson huquqlaridan muhimroq hisoblangani uchun odamlar bilan to‘lib-toshgan", deb aytdi papa.
Frantsisk Gretsiyadagi qochqinlar lagerida tanishgan bunday qochqinlardan birining voqeasini hayajon bilan gapirib berdi. O‘zi asli musulmon bo‘lgan bu qochqinning aytishicha, uning nasroniylikka e'tiqod qiluvchi rafiqasi xochni tashlashni istamagani uchun o‘ldirilgan. Erkakning aytishicha, uning suyukli rafiqasini uning ko‘z oldida vahshiylarcha o‘ldirishgan.
Katolik cherkovi rahbari unga bu erkakning keyingi taqdiri, "u bu konslagerdan boshqa joyda boshpana topish uchun chiqib keta olgani-olmagani" qorong‘i ekanligini qo‘shimcha qilgan.
Mavzuga oid
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
17:22 / 18.05.2025
Vatikanda yangi Rim papasining inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi
13:12 / 14.05.2025
Dunyoda o‘z davlati ichida ko‘chishga majbur bo‘lganlar soni 83 mlndan oshdi
22:32 / 08.05.2025