«Barselona»ning Klasikoda «Real» ustidan g‘alabasi borasida 5 savol
«Barselona»ga Pako Alkaser nega kerak?
Luis Enrike o‘z karerasidagi (aftidan) so‘nggi El Klasikoga Neymarsiz yetib keldi — braziliyalik futbolchining hakam sha'niga sarkastik chapak chalishi uch o‘yinga diskvalifikatsiya, jumladan, El Klasikoni o‘tkazib yuborishi bilan yakun topdi. Uning o‘rniga chiqarilgan Pako Alkaser hamkorlarini mutlaqo his qilmas, maydonning qay qismida bo‘lishi yaxshiroq ekanligini bilmas edi.
Lucho undan qayerda foydalanishi ma'qul ekanligiyam noaniq edi — qanotlar uchun u juda yiriklik qiladi, markazda esa undan bir necha barobar yaxshiroq «qotil» Suares bor. O‘yin davomida Alkaserda o‘zi bor-yo‘g‘i birgina vaziyat bo‘ldi, o‘shanda ham hujumchi to‘pni darvozabonga qarata tepdi. Albatta, «Barselona»ni uning ikki mavsum ketma-ket 10dan ziyod gollari va zaxira o‘rindig‘ida yalpayib olmaslikka tayyorligi qiziqtirgandir, lekin shoshilinch vaziyatlar uchun undan ishonchliroq futbolchi olinishi kerak edi.
Jin ursin, hakamlarga nima bo‘lgan?
Buni faqtgina videotakrorlarning yo‘qligi bilan tushuntirmaslik kerak. Bu hafta hakamlar borasida ko‘p bahs-munozaralar bo‘ldi. Avvaliga «Real»ning «Bavariya»ga qarshi o‘yinida Kashshai, keyin «Ural»ning «Zenit-Arena»da chavaqlanishi, endi esa Klasiko.
Esta imagen del centro de Marcelo previo al gol de Casemiro xra mi no vale. El balón ya ha salido. pic.twitter.com/mxe4CEPvvP
— NACHO TELLADO (@naxotellado) April 23, 2017
Umtiti tomonidan Ronalduga nisbatan ishlatilgan folni o‘yin starti bilan oqlash mumkin — Ernandes o‘yinni eng boshidan sindirib qo‘yishni istamadi. Biroq, keyin laynsmenlar «Real»ning golida ofsaydni (Ramos to‘g‘ri vaziyatda edi, qolgan ikkitasi-chi?) va Messining yuziga Marselo tirsak qo‘yganini ko‘rmay qolishdi. Hakamlar El Klasikoda bosh qahramon bo‘lishdan juda qo‘rqishadi — Kazemiroga qizil kartochka berilmaganini faqatgina shu bilan tushuntirish mumkin.
Nega Zidan hali tayyor bo‘lmagan Beylni tushirdi?
O‘yingacha 7 soat qolganda Gilem Balage (Messi haqida tarjimai hol yozgan yozuvchi) hammani ishontirdi: Garet tayyor bo‘lgan paytda doim maydonga tushgan, hozir esa unda hammasi joyida, deya.
Uelslik o‘yinchida rostdan ham hammasi joyida ekan, biroq birinchi jiddiy to‘qnashuvgacha. O‘shanda Beyl yotib qoldi va qanot bo‘ylab ortiq chopa olmasligi oydinlashdi.
Zayniddin Zidan «Bernabeu»da o‘tgan Klasikoda Benites bosib olgan ketmonni bosishda davom etdi: o‘yinga mos keluvchi futbolchilar o‘rniga, maydonga yulduzlarni chiqardi. O‘shanda (0:4 da) tayanch zonasida unga qarab raqib libosida harakat qilib kelayotgan har qanday narsani betonlab tashlovchi Kazemiro maydonga tushirilmagan edi. Endi esa Zizu BBCdan iborat butun desantni maydonga chiqardi va buning oqibatida ularning biridan tanaffusgacha ajrab qoldi. Asensio bu o‘yinda Garetga nisbatan xavfliroq harakat qilgani yo‘q, lekin uni boshlang‘ich tarkibda chiqarganida Zidan qandaydir o‘zgartirishlar qilish imkoniyatiga ko‘proq ega bo‘lardi.
Jamoalarning himoyasiga nima bo‘ldi?
Himoya deganlari har ikki jamoada ham yo‘q edi. O‘yin aynan darvozabonlarning ko‘plab seyvlari evaziga o‘ta emotsional ko‘rinish hosil qildi. Tinmasdan Navas va Ter Shtegen darvozasi tomon berilgan zarbalar (90 daqiqa ichida 38 ta va ularning 28 tasi aniq) aynan juda xunuk himoya tufayli yuzaga keldi. «Real»ning abadiy qutqaruvchisi Serxio Ramos bekorga to‘pni egallash va muvaffaqiyatli olib qo‘yishlarsiz maydonni ertaroq tark etgani yo‘q. «Barselona» ikki yetakchi markaziy himoyachisi Pike va Umtitiga ishondi, lekin Krishtianuning sakkizta zarbasidan qutilib qola olishgani yo‘q, shunchaki, bugun Madrid yulduzida «Bekhem kuni» emasligi ularning joniga ora kirdi.
James Rodriguez equalises for Real Madrid. #ElClasico pic.twitter.com/79IIOQZKxo
— Arsenal (@ArsenalPoper) April 23, 2017
Xamesning goliga qarang. Birinchidan, Marseloning qanotdan bergan uzatmasiga qoyil qolish kerak, ikkinchidan, 85-daqiqada o‘z jarima maydonida Rodrigesni ko‘zdan qochirgan Albaning yaramaydigan o‘yinidan dahshatga tushish kerak.
Messi buni yana qanday amalga oshirdi?
Darhaqiqat, uning jahlini qo‘zg‘atmaslik kerak edi. Avvaliga Marselodan hech kim e'tiborga olmagan tirsak yedi, keyin Kazemiro tomonidan mudom turtkilab turildi. Zidan tayanch zonasi o‘yinchisini raqibning asosiy futbolchisiga biriktirib qo‘ydi, braziliyalik o‘yinchi Leo ketidan markaziy aylanaga ham, qanotlarga ham ergashib chopib yurdi — Karlosning yuz ifodasiga esa gap yo‘q.
My best picture from tonight's game.
— Emmanuel Chidiogo (@Empexy) April 23, 2017
The "Smiling Assassin" Casemiro. #ElClasico pic.twitter.com/KOSGoqmwqN
Messi 45 daqiqa ichida 5 marta to‘pni aylantirib olib o‘tdi, maydondagi qolgan futbolchilar bir-birlarini ikki martadan to‘p bilan aldab o‘ta olgan. Lionel «Real»ga qarshi o‘yinlarga o‘zini o‘zi tayyorlaydi, shu sababli u Klasiko tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi. U birinchi bo‘lim o‘rtalarida qiynalmay hisobni tenglashtirdi, ochiq darvozaga to‘p kirita olmadi, Ramosning chetlatilishiga sabab bo‘ldi va tanaffusdan keyin ham ikki-uch marta aniq zarbalar berdi.
MESSI ISNT REAL 😍🔥💨 pic.twitter.com/zCc6qKh5fG
— FBL (@FOOTBALRLIFE) April 23, 2017
92-daqiqadagi gol ham umuman, butun o‘yin davomida bo‘lganidek, hissiyotlar ketidan yuzaga keldi. «Real» o‘yinchilari kataloniyaliklarga bir kishi kam bo‘la turib, darvozasi oldida bosim uyushtirayotganida «Barsa» qarshi hujumni uyushtirdi va so‘nggi soniyalarda gol urdi. Siz Messi to‘pni darvozaga kiritganidan so‘ng biror marta futbolkasini yechganini eslay olasizmi? «Barselona» haqiqatdan ham uning jonajon uyiga aylangan va oilasining dushmani peshonasiga o‘q uzish uning uchun haqiqatdan ham nomus va sharaf masalasidir.
«Real» darvozasiga urilgan bu gol Leo uchun ko‘k-anorrang libosda roppa-rosa besh yuzinchisi bo‘ldi va «Barsa»ni hamon chempionlik poygasida qolishini ta'minladi. Endi «PSJ»ga qarshi trillerdan keyin bo‘lganidek, birinchi duch kelgan jamoaga yutqazmaslik kerak. «Osasuna» haqi-hurmati Messi qo‘shimcha daqiqalarda maykasini yechmaydi.
Mavzuga oid
10:26 / 12.08.2023
Ligalar kubogi. «Inter Mayami»dan yirik g‘alaba, Messidan 8-gol
08:17 / 22.07.2023
Liga kubogi. Messi debyut o‘yinida 90+4-daqiqadagi goli evaziga «Inter Mayami»ga g‘alaba keltirdi
19:28 / 20.07.2023
«Inter Mayami» ustozi Messi va Buskets debyutini qachon o‘tkazishi mumkinligini baholadi
08:22 / 17.07.2023