Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan 182 nafar sportchining doping namunasi ijobiy natija berdi
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi 2008 va 2012 yillardagi doping namunalaridan 182tasi ijobiy natijani qayd etgan. Takroriy tekshiruvlar shunday raqamlarni qo‘lga kiritishga sabab bo‘ldi. Bu haqda HOQning kommunikatsiyalar bo‘yicha komissiyasi a'zosi Alen Lyuntsenfixter Twitter sahifasida yozdi.
"1 aprelgacha Pekin (2008) va London (2012)dagi o‘yinlardan olingan doping namunalaridan 182ta ijobiy natija qayd etildi. Ularning 103 tasi yengil atletikachilar va 50tasi og‘ir sport turlari bilan shug‘ullanuvchilar orasida aniqlandi, - deb yozgan Lyuntsenfixter. – Ikki olimpiadada qatnashgan 9 sportchining doping namunasi esa ikkala holatda ham ijobiy (ya'ni, doping borligini ko‘rsatgan) bo‘lgan. Ulardan 5 nafari belorussiyalik, ikkisi qozog‘istonlik sportchilardir".
XOQ sportchilarning doping namunalarini saqlash muddatini sakkiz yildan o‘n yilga uzaytirish xususida qaror qabul qilganidan so‘ng, 2008 yildan boshlab barcha namunalar qayta tekshirilishi haqida e'lon qilgan edi.
Mavzuga oid
19:57 / 22.05.2025
AQShda «doping o‘yinlari» o‘tkaziladi
17:04 / 15.02.2025
Dunyoning birinchi raqamli raketkasi «atrofidagilarning beparvoligi» uchun diskvalifikatsiya qilindi
18:41 / 22.10.2024
Osiyo o‘yinlari chempioni Shohmurod Xolmurodov doping tufayli jazolandi
19:08 / 07.08.2024