Sport | 23:14 / 25.04.2017
4447
1 daqiqa o‘qiladi

«Ayaks» Kroyf sharafiga munosib sovg‘a tayyorladi

Niderlandiyaning «Ayaks» jamoasi marhum futbolchi yohan Kroyf sharafiga munosib javob berdi. 

Klub rasmiy sayti bergan xabarga ko‘ra, endilikda Amsterdamda joylashgan «Ayaks Arena» stadioni aynan «Ayaks» sobiq futbolchisi sharafiga nomlanadi va stadion «Yohan Kroyf Arena» nomini oladi.

Eslatib o‘tamiz, Yohan Kroyf 2016 yilda saraton xastaligi tufayli vafot etgandi. Uning sobiq jamoalaridan biri «Barselona» ham klub qarorgohida yangi qad rostlaydigan yangi stadionni aynan Kroyf nomi bilan atalishini ma'lum qilgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid