Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aslida import operatsiyalari bo‘yicha shartnomalar to‘xtatilmagan. Markaziy bank rad etdi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki internet nashrlari tomonidan ma'lum qilingan tijorat banklarining import shartnomalari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish, shuningdek, mahsulotlar import qilinishi to‘xtatilganligi haqida xabarlarga raddiya berdi.
«Keyingi kunlarda bir qator internet nashrlarda O‘zbekiston tijorat banklarida import shartnomalari bo‘yicha va yetkazib berilgan tovarlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish operatsiyalari to‘xtatib qo‘yilgani haqida xabarlar tarqatilmoqda.
Markaziy bank ma'lum qiladiki, import bo‘yicha keltiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha shartnomalar to‘lovlari o‘z vaqtida va to‘la hajmda amalga oshirilmoqda va ularning to‘xtatib qo‘yilgani haqidagi gap-so‘zlar mutlaqo asossizdir.
Ta'kidlash lozimki, mamlakat tijorat banklari o‘z mijozlarining xorijiy hamkorlari oldidagi majburiyatlarini bajarishiga bundan keyin ham uzluksiz ko‘mak berib boradi», — deya ta'kidlangan bayonotda.
Mavzuga oid
17:27 / 16.05.2025
O‘zbekistonliklar go‘sht, sut va yonilg‘i narxlari oshishini ko‘proq sezishyapti
10:11 / 04.05.2025
Muddatli to‘lov bozorini tartibga solish boshlanadi
20:43 / 30.04.2025
Kartadan kartaga katta miqdorda pul o‘tkazishda qo‘shimcha himoya choralari kiritiladi
12:24 / 24.04.2025