Jamiyat | 08:39 / 25.04.2017
28524
2 daqiqa o‘qiladi

Fotojamlanma: Chechenistonda kabob festivali bo‘lib o‘tdi

Checheniston Respublikasi poytaxtida «Shashlyk-Mashlyk» festivali bo‘lib o‘tdi. Uning ochilish marosimida respublika rahbari Ramzon Qodirov ham ishtirok etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday tadbirlar «respublika aholisi va mehmonlarida katta qiziqish uyg‘otmoqda».

«Bizda turizm va hordiq chiqarish uchun keng imkoniyatlar bor. Sababi bizda juda go‘zal tabiat, ajoyib iqlim va mintaqamizning o‘ziga xos madaniyati mavjud. Mintaqamiz mamlakatning turistik markaziga aylanishi mumkin», - deb ta'kidlab o‘tdi Qodirov.

U nafaqat kaboblardan tatib ko‘rdi, balki o‘zi ham ularni tayyorlashda ishtirok etdi. 

Quyida dam olish kunlari Grozniy shahrida o‘tgan kabob festivali tasvirlangan fotosuratlar taqdim etiladi.

Ramzon Qodirov «Shashlyk-Mashlyk» xalqaro turizm va faol hordiq chiqarish festivalida.

TASS
TASS
TASS
TASS
TASS
TASS

Mavzuga oid