Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Roma» transferlar oynasining eng mashhur «ovchi»sini qo‘lga kiritdi
Italiyaning «Roma» klubi Ramon Rodriges Monchi bilan shartnoma imzolagani borasida rasmiy ma'lumot tarqatdi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berilgan.
48 yoshli ispaniyalik mutaxassis rimliklarning sport direktori lavozimiga tayinlandi. Monchi bilan klub 4 yillik shartnoma imzoladi.
«Roma» prezidenti Jyeyms Pallotta va rahbariyatning boshqar vakillariga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bu juda ajoyib loyiha. Muxlislar, xodimlar va jamoa futbolchilarini xursand qilish imkoniyatini ega bo‘ladigan davrlarni intiqlik bilan kutaman» - degan Monchi shartnoma imzolab bo‘lgach.
Ma'lumot uchun, Monchi 2000 yildan hozirgi kungacha Ispaniyaning «Sevilya» klubida sport direktori bo‘lib ishlab kelgandi. Jamoaning so‘nggi yillardagi katta yutuqlari aynan Monchi nomi bilan bog‘lanadi. Uning rahbarligida jamoa 9 ta sovrin yutib olgan.
Shuningdek Monchi transfer siyosatini olib borish qobiliyati bilan ko‘pchilikning diqqatini tortgan. Uning juda ko‘plab kashfiyotlari bugungi kunda dunyo miqyosidagi yulduzlar bo‘lib yetishishgan. Serxio Ramos, Dani Alvesh kabi futbolchilar shular jumlasidan.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
11:38 / 05.05.2025
«Real» poygada qolmoqda, Shomurodovda muvaffaqiyatli seriya. Kun o‘yinlari
16:41 / 02.05.2025