O‘zbekiston | 23:33 / 25.04.2017
32313
1 daqiqa o‘qiladi

Sobiq hokimning senatorlik vakolati ham muddatidan oldin tugatildi

2017 yil 25 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Komissiya raisi M.Abdusalomov boshqardi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Majlisda Bahodir G‘oibnazarovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi va Doniyor Abdukadirovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati vakolatlarini ular o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish haqida bergan yozma arizalariga binoan muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz: 21 aprel kuni Toshkent shahar Olmazor tumani hokimi Bahodir G‘oibnazarov ishdan olingan  uning o‘rniga esa Abduqahhor To‘xtayev yangi hokim etib tayinlangan edi.

Mavzuga oid