Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubi-Sharqiy Osiyoda xakerlik hujumlari olib boruvchi 8,8 mingta server aniqlandi
Interpolning xalqaro innovatsion markazi Janubi-Sharqiy Osiyoda zararli dasturlar tarqatuvchi 8,8 mingta serverni aniqladi va xakerlik hujumiga uchrovchi bir necha yuzlab turli saytlar, jumladan hukumat saytlarini qayd qildi. Straits Times nashrining ma'lum qilishicha, bunday axborotni Interpolning kiberjinoyatlar bilan kurash masalalari bilan shug‘ullanuvchi, Singapurda joylashgan bo‘limi tarqatdi.
"Markaz mintaqaning bir necha davlatlari, Vetnam, Malayziya, Tailand va Filippin hukumatlari bilan hamkorlik qiladi. Bundan tashqari, xitoylik hamkorlar bilan internetda xavfsizlik masalalari bo‘yicha tezkor ma'lumot bilan almashuv amalga oshiriladi", deb aytdi 2 yil avval ochilgan markaz rahbari Noboru Nakatani. Uning aytishicha, 2 yil ichida zararli dasturlar tarqatuvchisi sifatida faoliyat olib boruvchi 8,8 mingta server aniqlangan.
Xakerlik hujumlarining asosiy maqsadlari moliya va davlat institutlari hisoblanadi. Xakerlar bu manbalardan turli axborot olishga harakat qiladilar. Jumladan, hukumat resurslarida saqlanadigan shaxsiy ma'lumotlar o‘g‘irlanadi.
Mavzuga oid
18:05 / 26.05.2025
Qotillikda ayblanayotgan o‘zbekistonlik Salvadordan Rossiyaga ekstraditsiya qilindi
23:58 / 15.05.2025
9 mln dollarni talon-toroj qilishda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada qo‘lga olindi
16:28 / 20.12.2024
O‘zbekiston Interpol orqali Rasayev va Temirxanovni xalqaro qidiruvga berdi
23:39 / 12.11.2024