Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chilidagi kuchli zilziladan so‘ng 130dan ortiq aftershok qayd etildi
Janubiy Amerikaning Tinch okeani sohillari bo‘ylab joylashgan Chili davlatida yuz bergan 6,9 ballik yerosti silkinishidan so‘ng 130dan ortiq takroriy silkinishlar qayd etildi. Bu haqda Milliy seysmologiya markazi direktori o‘rinbosari Mario Pardo ma'lum qildi.
"24 apreldagi zilziladan keyin 134 marta, shanba (22 aprel) kungi 5,9 ballik yer qimirlashidan so‘ng 271 marta aftershok ro‘y berdi", - degan Pardo 24Horas telekanalida uzatilgan efirda.
Pardo, shuningdek, ushbu hududda takroriy kuchli zilzila ro‘y berishi ehtimolini rad etmadi. Biroq, 8 va undan yuqori balldagi yer silkinishlari "ehtimoli juda kam".
Milliy seysmologiya markazi ma'lumotlariga ko‘ra, 6,9 ballik zilzila markazi Valparaiso shahridan 72 km g‘arbda, 13,2 km chuqurlikda bo‘lgan. Bu yerda 282 mingdan ortiq inson istiqomat qiladi. Hozircha, jabrlanganlar va jiddiy talofatlar xususida ma'lumotlar majud emas.
Zilziladan so‘ng, Valparaiso va O'Xiggins hududlarida evakuatsiya e'lon qilindi. Biroq, Chili HDK gidrografiya va okeanografiya xizmati sunami xavfi yo‘qligini aytganidan so‘ng, halokat ishorasi bekor qilindi. Yerosti silkinishlari Argentinaning Mendos, San-Xuan va Kordova shaharlarida ham sezilgan.
Mavzuga oid
20:13 / 02.05.2025
Argentina sohillarida 7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
14:14 / 26.02.2025
Chilida butun mamlakat bo‘ylab blekaut yuz berdi
17:14 / 20.02.2025
“Zilziladan qo‘rqib, Anqaraga ko‘chib ketayotganlar bor” – Istanbulda kuchli yer qimirlashi va sunami kutilyapti
22:59 / 14.02.2025