Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya politsiyasi Gulen bilan aloqadorlikda gumon qilingan 800 dan ziyod kishini qo‘lga oldi
Turkiya huquq-tartibot organlari mamlakatning 54 provinsiyasida Fathulloh Gulenning FETO tashkiloti bilan aloqadorlikda gumon qilinayotgan 803 kishini qo‘lga oldi. Bu haqida Turkiyaning NTV telekompaniyasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, qo‘lga olinganlarning aksariyati - politsiya xodimlari. Operatsiyada 8 mingdan ortiq politsiyachi ishtirok etdi.
Telekanalda ma'lum qilinishicha, amaliyot tunda o‘tkazilgan.
Turkiya hukumati AQShda yashab kelayotgan Fathulloh Gulenni 2016 yilning 16 iyulga o‘tar kechasi amalga oshirilgan davlat to‘ntaruvi harakati tashkilotchisi deb hisoblaydi. Hukumat isyonni bostirishga muvaffaq bo‘ldi. Buning natijasida 241 nafar kishi halok bo‘ldi, 2 mingdan ortig‘i jarohat oldi.
Turkiya IIV rahbari Sulaymon So‘yluning ma'lum qilishicha, o‘shandan buyon mamlakatda Gulen tashkiloti bilan aloqadorlikda gumon qilingan 113 ming kishi qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025